Ortodontik davolashning parodont to'qimalariga ta'siri: kompleks tadqiqot.
Abstract
Ushbu tadqiqot ortodontik davolash jarayonida parodont to'qimalarining o'zgarish mexanizmlarini, klinik ko'rsatkichlarini va optimal davolash strategiyalarini aniqlashga qaratilgan. Materiallar va usullar: 2022-2024 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya klinikasida 285 bemor (18-45 yosh) ishtirok etdi. Bemorlar 3 guruhga ajratildi: qo'zg'almas ortodontik apparatlar (n=115), olinadigan apparatlar (n=95) va nazorat guruhi (n=75). Parodont holati PD (Probing Depth), CAL (Clinical Attachment Level), GI (Gingival Index) va PI (Plaque Index) ko'rsatkichlari orqali baholandi. Natijalar: Ortodontik davolash parodont to'qimalarida o'zgarishlarga olib keldi. Qo'zg'almas apparatlar guruhida PD o'rtacha 4.2±0.8 mm dan 2.8±0.6 mm gacha (p<0.001), CAL 3.8±0.7 mm dan 2.3±0.5 mm gacha kamaydi. Og'iz gigiyenasi darajasi va parodont holatining korrelyatsiyasi yuqori (r=-0.82, p<0.001) bo'ldi. Xulosa: Ortodontik davolash parodont to'qimalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Professional gigienik ta'lim va muntazam nazorat parodont holatini sezilarli yaxshilaydi.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.

